Glomerulonefrit
Glomerulonefrit (yunoncha: glomerulo — buyrak koptokchasi, nephritis — buyrak yalligʻlanishi) — buyrak kalavachalarining infeksion-allergik yalligʻlanishi. Yuqumli kasallikdan soʻng rivojlanadi. Uning ikki turi farqlanadi: o'tkir glomerulonefrit va surunkali glomerulonefrit. Kasallik patogenezida immun birikmalar yetakchi rol oʻynaydi. G.da bemorning qon bosimi koʻtariladi, siydikda qon yoki oqsil paydo boʻladi. Siydik kam ajralib, badan shishishi ham mumkin (yana q. Nefrit).
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |