Vikipediyada ismi Olim va familiyasi Ashirov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.

Olimjon Masaliyevich Ashirov (1955-yil 25-yanvar[1]; Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR — 1979-yil 11-avgust, Dneprodzerjinsk, Ukraina SSR, SSSR) — sovet va oʻzbek futbolchisi.

Olimjon Ashirov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Olimjon Masaliyevich Ashirov
Tavallud sanasi 25-yanvar 1955-yil
Tavallud joyi Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR
Vafot sanasi 11-avgust 1979-yil(1979-08-11)
(24 yoshda)
Vafot joyi Kamianske, USSR
Boʻyi 178 sm
Ampluasi Himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1972—1979 Sovet Ittifoqi Paxtakor 149 (5)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Futbolchilik faoliyati

tahrir

Toshkent shahridagi G.Titov nomidagi ROZM tarbiyalanuvchisi boʻlgan. U butun faoliyatini Toshkentning „Paxtakor“ tarkibida oʻtkazgan. 1979-yil 11-avgustda u Dneprodzerjinsk osmonida samolyot halokatida oʻz jamoasi bilan fojiali ravishda vafot etdi. Samolyot halokati sabab vafotidan keyin SSSR sport ustasi unvoniga sazovor boʻldi.[2]

Ashirov „Paxtakor“dagi butun faoliyati davomida 149 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol urishga erishgan[3].

Vafot etgan jamoa aʼzolarining bir qismi bilan birga u Toshkentdagi Botkin qabristoniga dafn etilgan va ushbu qabristonda ularning sharafiga yodgorlik oʻrnatilgan.[4]

Vafotidan keyin 2006-yilda „Shuhrat“ medali bilan taqdirlangan[5].

Yutuqlari

tahrir
  • 1  SSSR Birinchi ligasi gʻolibi: 1972-yil
  • 2  SSSR Birinchi ligasi kumush medali sovrindori: 1977-yil
  • 3  SSSR Birinchi ligasi bronza medali sovrindori: 1976-yil

Manbalar

tahrir
  1. „Olim Ashirov tavalludiga 63 yil to'ldi“. 2025-yil 28-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-oktyabr.
  2. „Zvyozdi uzbekskogo futbola“. 4-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-may 2022-yil.
  3. „"Paxtakor-79"ni xotirlab: Olim Ashirov“. 2025-yil 28-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-oktyabr.
  4. Memorial zemlyakov
  5. Ukaz Prezidenta Respubliki Uzbekistan „O nagrajdenii gruppi sportsmenov i trenerov, osobo otlichivshixsya v dele razvitiya futbola v Uzbekistane v svyazi s 50-letiem obrazovaniya futbolnoy komandi „Paxtakor““ ot 25-maya 2006 goda № UP-3754

Havolalar

tahrir