Olim Pardayev

oʻzbekistonlik iqtisodchi olim, iqtisodiyot fanlari doktori, professor

Olim Mamayunusovich Pardayev (1976-yil 20-may, Jizzax viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik iqtisodchi olim, iqtisodiyot fanlari doktori (2017), professor (2021).

Olim Mamayunusovich Pardayev
Tavalludi 20-may 1976-yil (1976-05-20) (48 yosh)
Jizzax viloyati, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi iqtisodchi olim
Sohasi iqtisodiyot
Taʼlimi Samarqand kooperativ instituti
Ilmiy darajasi iqtisodiyot fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor

Biografiyasi

tahrir

Olim Pardayev 1976-yil 20-may Jizzax viloyatida tugʻilgan. 1997-yilda Samarqand kooperativ institutini tugatgan. 1997—1998-yillarda O‘zbekistan Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi qoshidagi Vatan-LTD auditorlik firmasi Samarqand filiali hisobchisi, 1998—2002-yillarda ushbu filialning yetakchi mutaxassisi, 2002—2008-yillarda Baxmal tumanidagi „Baxmal standart“ xususiy korxonasi rahbari, 2008—2009-yillarda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti marketing bo‘limi yetakchi mutaxassisi, 2009—2012-yillarda menejment va statistika kafedrasi assistenti, 2013—2016-yillarda katta ilmiy xodim izlanuvchisi, 2017—2018-yillarda magistratura bo‘limi boshlig‘i vazifasida faoliyat koʻrsatgan. 2018-yildan Bank-moliya xizmatlari fakulteti dekani[1].

Ilmiy faoliyati

tahrir

Olim Pardayev 141 ta ilmiy ishlar, jumladan, 3 ta o‘quv qo‘llanma, 1 ta uslubiy qo‘llanma, 1 ta uslubiy tavsiya va 1 ta monografiya muallifi[1]. 2017-yilda „Mahsulotlarni saqlash va sotish xizmatlari samaradorligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasni himoya qilib, iqtisodiyot fanlari doktori ilmiy darajasini olgan[2].

Manbalar

tahrir