Olimjon Toʻxtaoxunov
Olimjon Toʻxtaoxunov — Asli uygʻur millatiga mansub Toʻxtaoxunov 1949-yilda Toshkentda tugʻilgan. Yoshlikda „Paxtakor“ futbol jamoasi dublida oʻynagan. Oʻsha yillari mashhur „alyuminiy qiroli“ Mixail Chernoy va Rossiya tennis boʻyicha terma jamoasi boshligʻi Shamil Tarpishchevlar bilan tanishgan.
Olimjon Toʻxtaoxunov | |
---|---|
![]() | |
Tavalludi |
1-yanvar 1949-yil |
Fuqaroligi |
![]() ![]() |
Sobiq Sovet Ittifoqining eng mashhur qimorbozlaridan boʻlgan. „Rossiya futbol jamgʻarmasi“ prezidenti, hozirda yopilib ketgan „Metropol“, „Yevropa“, „Osiyo“ kazinolari xoʻjayini.
1999-yilda homiylik ishlari uchun „Muqaddas Konstantin ordeni“ ritsari unvoniga sazovor boʻlgan. Toshkentda oʻsib ulgʻaygan Toʻxtaoxunov soʻngra qator Yevropa davlatlarida yashagan va 2003-yilda Rossiyaga koʻchib oʻtgan. Uning Rossiyada katta biznes manfaatlariga ega ekani hamda shou-biznes yulduzlari bilan yaqin aloqalarda ekani Rossiya matbuotida tez-tez xabar qilinadi.[1] Koʻplab Rossiya shou-biznesi vakillari — Iosif Kobzon, Alla Pugacheva, Sofiya Rotaru, Nikita Mixalkov, Darya Donsova va boshqalar bilan doʻstlashgan.
Forbes jinoyatchilar roʻyxatida beshinchi oʻringa qoʻyilgan. AQSh FTBsi tomonidan qidirilayotgan oʻnta „eng xavfli jinoyatchilar“ qatoridan oʻrin olgan.
Uylangan, toʻrt nafar farzandning otasi.[2]