Hoshimjon Olimjonov
Hoshimjon Olimjonov (1940.3.5, – 2017.31.05 Andijon viloyati, Qoratepa qishlogʻi) – Oʻzbekiston xalq artista (1987). 1961-yildan Andijon teatrida aktyor, rejissyor yordamchisi. „Oq nilufar“ spektaklidagi Ariyaka uning teatrdagi birinchi rolidir. U sahna sirlarini Abbos Bakirovdan oʻrgangan. Qoraxoʻja („Nodira“), Hoji („Nurxon“), Qosimbek („Bobur“), Gʻofir („Boy ila xizmatchi“), Xudoyorxon („Mexrobdan chayon“), Ezop („Ezop“), Gloster („Qirol Lir“), Qirol Eduard („Richard III“), Mafiya boshligʻi („Qotil kim?“), Boboxon („Tohir va Zuhra“), Shohjahon („Zebun-niso“), Sulaymon baʼzoz („Choʻlpon“) kabi rollar ijro etgan. O. bir kancha filmlar („Saraton“, „Qullar“ va boshqalar) va videofilmlar („Mehrobdan chayon“ va boshqalar)da ham suratga tushgan[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |