Hamidjon Olimov (1948.2.12, Oxunboboyev tumani) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1995). Fargʻona pedagogika institutini tugatgan (1972). 1966— 76 yillarda va 1994-yildan Oxunboboyev tumanidagi 8-maktabda toʻgarak rahbari, matematika oʻqituvchisi, 1976—94 yillarda 13-maktabda ilmiy boʻlim mudiri va mat. oʻqituvchisi. Ish faoliyati davomida oʻquvchilarni ixtirochilikka oʻrgatdi, maktabda mat. boʻyicha namunali fan xonasi tashkil etib, uni turli oʻquv qoʻllanmalari va koʻrgazmali qurollar bilan boyitdi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil