Olita Rause
Mamlakat

Sovet Ittifoqi

Latviya
Tugʻilishi 21-noyabr 1962-yil
Latviya, Sovet Ittifoqi
Saravha

Xalqaro magistr

Ayol grossmeyster
FIDE reyting (iyun 2019-yil) (fevral 2024)
Yuqori reytingi 2360 (iyul 1994-yil)

Olita Rause (1962-yil 21-noyabrda Sovet Ittifoqida tugʻilgan) — latviyalik ayol shaxmatchi, FIDE ayol grossmeyster (WGM, 1993) va xalqaro usta (IM, 1995) unvonlariga ega. Shuningdek, u ICCF korrespondens grossmeyster unvoniga ega (GM, 1998).

Shaxmatdagi faoliyati tahrir

Rause ayollar oʻrtasidagi Latviya shaxmat chempionatida uch marta kumush medalni qoʻlga kiritgan, jumladan, 1981-yil (Astra Goldmane turnirida gʻalaba qozondi), 1984-yil (Anda Shafranska turnirda gʻalaba qozondi) va 1994-yil (Anda Shafranska bilan qoʻshimcha oʻyinda magʻlub boʻlganidan keyin — 1½: 2½ kumush medalini qoʻlga kiritdi). 1986-yilda Rause Minskda shaxmat boʻyicha Sovet Ittifoqi shaxmatchi ayollarining jamoaviy chempionatida Latviya nufuzi himoyasi uchun ikkinchi taxtada oʻyinlarni olib bordi.[1]

Rause Shaxmat Olimpiadalarida Latviya sharafi uchun dona surgan:[2]

  • 1994-yilda Moskvadagi 31-shaxmat Olimpiadasida ikkinchi taxtada (+4, −4, =3) oʻynagan.

Rause dunyodagi eng kuchli korrispondens shaxmatchilaridan biri hisoblanadi. U ICCF Oltinchi Jahon kubogi turnirida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan.[3]

Olita Rause 1993-yilda FIDE ayol grossmeyster (WGM) unvonini qoʻlga kiritdi. Oradan 2 yil oʻtib esa xalqaro usta (IM) unvoniga ham erishdi. Olita Rause 1998-yil ICCF da korrespondens grossmeyster (GM) sifatida etirof etildi.

Shaxsiy hayoti tahrir

Rause Latviya Milliy universitetinining filologiya fakultetida oʻqigan va magistr darajasiga ega. 2001-yil dekabridan 2017-yil fevraliga qadar Rigadagi Janis Roze Publishers nashriyotida bosh muharrir lavozimida faoliyat olib borgan. Olita Rause Igors Rause bilan turmush qurgan.

Manbalar tahrir

  1. Wojciech Bartelski. „Soviet Women's Team Chess Championship :: Olita Rause“. OlimpBase. Qaraldi: 24-dekabr 2011-yil.
  2. Wojciech Bartelski. „Women's Chess Olympiads :: Olita Rause“. OlimpBase. Qaraldi: 24-dekabr 2011-yil.
  3. „Wcup-06 Final“. Tables.iccf.com. Qaraldi: 24-dekabr 2011-yil.