Oliy nerv faoliyati
Oliy nerv faoliyati - hayvon va odam markaziy nerv sistemasi oliy boʻlimlari (bosh miya yarim sharlari pusti va pust osti markazlari)ning faoliyati; butun organizmning tashki muhit bilan normal munosabatda bulib turishini taʼminlaydi. Oliy nerv faoliyatif. terminini fanga I. P. Pavlov kiritgan. U Oliy nerv faoliyatini "psixik faoliyat" bilan bir maʼnodagi tushuncha deb hisoblagan. Pavlov aytganidek, psixik faoliyatning hamma shakllari, jumladan, odam tafakkuri va ongi Oliy nerv faoliyatif. elementlaridandir. Oliy nerv faoliyatif. toʻgʻrisidagi taʼlimotni yaratuvchilardan biri — Pavlovning oʻtmishdoshi I. M. Sechenov boʻlgan. U "Bosh miya reflekslari" degan asarida (1863) psixik faoliyatning reflektor tabia-ti toʻgʻrisidagi gʻoyani rivojlantirgan. Yuqori darajada tashkil toptan hay-vonlar Oliy nerv faoliyatif. asosida markaziy nerv sistemasining yuqori qismlari (yuqori darajada tuzilgan umurtqali hayvonlarda va odamda — bosh miya katta yarim sharlarining poʻstlogʻi)da hosil boʻladigan shartli reflekslar hamda murakkab shartsiz reflekslar (instinktlar, emotsiyalar), yaʼni, asosan, poʻstloq osti nerv qosilalari tomonidan amalga oshiriladigan bosh miya faoliyatining shakllari yotadi. Shartsiz reflekslarning Oliy nerv faoliyatif.dagi roli shundaki, mazkur reflekslar asosida hamma shartli reflekslar hosil boʻlibgina qolmay, balki shartli va shartsiz reflekslarning Oliy nerv faoliyatif.dagi ahami-yati hayvonot olamining tarixiy rivojlanish jarayonida oʻzgaradi. Pavlov fikricha, hatto yuqori darajada rivojlangan hayvonlar (mas, it, maymun)ning Oliy nerv faoliyatif., asosan, hayvonlar bilan odamda umumiy boʻlgan birinchi signal sistemasining xilma-xil va turli-tuman shartli reflekslar yigindisidan iborat. Nutqning asta-sekin rivojlanishiga qaramasdan birinchi signal sis-temasinmng shartli reflekslari bolalar hayotining dastlabki yillarida Oliy nerv faoliyatif. ning asosiy fondini tashkil qiladi; keyingi oʻsish davrlarida esa odamning Oliy nerv faoliyatif. maʼlum oʻrinni egallaydi. Lekin odamda mehnat faoliyatining ijtimoiy shakllari rivojlanishi munosabati bilan ikkinchi signallar paydo boʻldi va rivojlandi. Pavlov Oliy nerv faoliyatif. ning quyidagi asosiy qoidalarini ishlab chiqqan: 1) shartli reflekslar yoki nerv tutashishlarining hosil boʻlishi; 2) shartli refleks kuchining qoʻzgʻalish kuchiga bogʻliqligi; 3) shartli qoʻzgʻatgichlarning yigʻindisi; 4) shartli reflekslar mustahkam boʻlmaganligi uchun, shartli qoʻzgʻatuvchining keskin kuchayishi yoki yangi qoʻzgʻatuvchining taʼsiri tufayli tormozlanishning oʻsishi; 5) nerv ja-rayonlarining bosh miya poʻstlogʻida tar-qalishi va konsentratsiyalanishi natijasida uning ayrim qismlari oʻrtasida aloqaning vujudga kelishi hamda shartli reflekslarning umumlashishi va ixtisoslashishi; 6) qoʻzgʻalish va tormozlanishning poʻstloq manbalari oʻrtasidagi qarama-qarshi oʻzaro muno-sabatni taʼminlaydigan nerv jarayonlarining bir-biri bilan bogʻliq induksiyasi.
Oliy nerv faoliyatif. da markaziy hodisa shartli reflekslar boʻlib, ular jahon neyrofiziologiyasi va eksperimental psixologiyadagi muqim tadqiqot obʼyekti hisoblanadi. Pavlov va uning xodimlari belgilagan Oliy nerv faoliyatif.ning asosiy faktlari va izchilligining toʻgʻri ekanligi olimlarning koʻpgina ishlarida isbotlangan. Xususan, fiziolog P. K. Anoxin funksional sistema nazari-yasini ishlab chiqib, bu nazariyani funksiyalar evolyusiyasiga tatbiq etdi, natijada evolyusion jarayonning umumiy qonuniyati boʻlgan sistemogenez tushunchasini yaratdi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |