Ollebrod
Ollebrod (Daniya tilida: Øllebrød, Daniyachadan: „el“/"pivo" va „non“) — anʼanaviy Daniya taomidir[1]. Bu quyuq javdar noni va quyuq yoki oq pivodan tayyorlangan boʻtqa[2].
Ollebrod asketizmni tan olgan rohiblar tomonidan ixtiro qilingan. Ular issiq pivoga maydalangan eskirgan javdar nonini solib va bu taomni kun davomida isteʼmol qilishlari mumkin edi. Vaqt oʻtishi bilan Ollebrod shirin boʻla boshladi va asosan nonushta uchun isteʼmol qilinadigan boʻldi. Zamonaviy Daniya retseptlari har xil turdagi non va pivodan foydalanishga imkon beradi. Bugungi kunda u odatda sut, sariyogʻ, koʻpirtirilgan qaymoq, maydalangan tuxum sarigʻi, dolchin, vanil, apelsin yoki limon sedrasi bilan tayyorlanadi. Non pivoga boʻktiriladi, keyin quyuqlashguncha biroz qaynatiladi va qolgan ingredientlar qoʻshiladi. Ollebrod tayyorlash uchun eriydigan kukun aralashmalari sotiladi[3].
Manbalar
tahrir- ↑ Marianne Kastberg og Kirsten Høgh Fogt: God mad let at lave, Lindhardt og Ringhof (2013, 9. udg.), ISBN 9788711382578
- ↑ Inger Abildgaard. „Brug rugbrødsresterne til øllebrød“. Samvirke (15-iyun). 2014-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18. maj 2014.
- ↑ „Рецепт Елеброд“. 2019-yil 12-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 12-dekabr.