Olmek madaniyati — Meksikaning Verakrus va Tavasko shtatlari hududida qadimda yashagan nomaʼlum indeys xalqi madaniyati. Olmek madaniyati miloddan avvalgi 8—4-asrlarda ravnaq topgan. Olmek madaniyati nomi bu hududda keyinchalik, milodiy 11 — 14-asrlarda yashagan kichik qabilalar guruhi (olmeklar) nomi bilan shartli atalgan. Olmek madaniyati iqtisodiyoti dehqonchilik va baliqchilikka asoslangan. Olmek madaniyatini yaratgan xalq Amerikada ilk bor sinfiy taraqqiyot yoʻliga oʻtgan xalklardan biri boʻlgan. Uning miloddan avvalgi 8—2-asrlardagi madaniyati va sanʼati Markaziy Amerikaning qoʻshni indeys xalqlari (mayya va boshqalar) madaniyatiga katta taʼsir koʻrsatgan. Olmek haykaltaroshligining ajoyib obidalari, jumladan, ulkan inson kallalari, koʻplab haykallar Olmek madaniyati aholisining bosh maʼbudi — yaguarni ifodalaydi. Turli diniy inshootlar: ehromlar, supalar va boshqa qoldiqlari saqlangan. Milodiy 3-asrda nomaʼlum sabablarga koʻra olmeklar gʻoyib boʻlishgan; ehtimol, bu yirik etnik koʻchishlar bilan bogʻliq boʻlishi mumkin.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil