Olmosoʻt
Olmosoʻt (Ranunculus severtrovii) — ayiqtovondoshlarga mansub koʻp yillik oʻt. Poyasi bitta, boʻyi 25—40 sm. Ildizi roʻvaksimon, yuqori qismi yoʻgʻonlashgan. Yopirma (toʻp) barglari bandli, poyadagi barglari bandsiz yoki qisqa bandli, ikki-uch karra boʻlingan. Gullari toʻgʻri, ikki jinsli, gulqoʻrgʻoni murakkab, kosabarglari va tojbarglari odatda beshtadan. Changchilari koʻp. Toʻpmevasi choʻziqyoki yumaloq-choʻziq. Mevachalari mayda, uz. 7— 7,5 mm, eni 5–6 mm. O. aprel—may, baʼzan iyunda gullab mevalaydi. Oʻzbekistonning koʻpgina mintaqalarida oʻsadi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |