Olmurod svitasi
Olmurod svitasi (Turkmanistondagi Olmurod togʻi nomidan) — Valanjin yarusiga mansub jinslar kompleksi. Rossiyalik tektonist olim N. P. Xeraskov ajratgan. Olmurod svitasi qizil giltosh, dolomit, mergel, ohaktosh, gips, kumtosh qatlamlaridan tarkib topgan. Qalinligi 60–160 m. Ohaktosh va dolomitlarda peletsipoda, amonit, dengiz tipratikani va boshqa dengiz hayvonlari qoldiqlari, giltoshlarda esa ostrakoda, foraminifera va boshqa qoldigʻi uchraydi. Olmurod svitasi Darvoz togʻlaridan Amudaryo etaklarigacha boʻlgan hududda tarqalgan. Oʻzbekiston hududining baʼzi joylaridagi Olmurod svitasida osh tuzi koni borligi aniqlangan.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |