Olovbardosh qotishmalar
Olovbardosh qotishmalar -asosini nikel, temir yoki temir-nikel tashkil qiladigan materiallar. Tarkibida 30% gacha xrom boʻladi. Olovbardosh qotishmalar yuqori temperaturali havo yoki gaz muhitida korroziya (zanglash)ga yaxshi chidaydi. Ayrim Olovbardosh qotishmalar alyuminiy yoki kremniy bilan legirlanadi (qarang Legirlash). Qizdirilganda ularning sirtida zich himoya pardasi hosil boʻladi. Legirlovchi elementlar (xrom, alyuminiy va boshqalar) oksidlaridan iborat bu pardalar asosiy elementlarning oksidlariga nisbatan termodinamik jihatdan turgʻun boʻladi. Pardaning himoya qilish xossasi uning zichligi va asosiy metall bilan mustaham birikishiga bogʻliq. Olovbardosh qotishmalar, asosan, qizdirish elementlarining detallari va karshiliklarning elementlarini tayyorlash uchun ishlatiladi.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |