Oltin-valyuta zaxiralari
Oltin-valyuta zaxiralari -mamlakatning markaziy emissiya banki yoki xazinasida quyma (yombi) va tanga shaklida toʻplangan markazlashgan oltin rezerv fondi. O.-v.z.ga hukumat va markaziy banklarga tegishli boʻlgan oltin quymalari va oltin tan-galar, xorijiy bank hisob raqamlaridagi valyuta mablaglari, xorijiy mamlakatlar banknotlari, tangalari va davlat qimmatli qogʻozlari, shuningdek, Xalqaro valyuta fondi (XVF)dagi rezerv pozitsiyalari kiradi.
O.-v.z. mamlakatning pul birligini mustahkamlash, uni barkaror ushlab turish, shuningdek, ichki valyuta bozorini zaruriy valyuta mablagʻlari bilan taʼminlash maqsadida shakllantiriladi.
Markaziy bank va boshqa moliya intlari tomonidan saqlanadigan O.-v.z. hajmi xalqaro va mintaqaviy valyuta-kredit hamda moliyaviy institutlarning xorijiy bank hisob raqamlaridagi xalqaro toʻlovlar uchun moʻljallangan mablagʻlari hisobidan toʻldirib boriladi. O.-v.z.ni shakllantirishda erkin muomaladagi, yaʼni boshqa valyutalarga toʻsiklarsiz ayirboshlash mum-kin boʻlgan valyutalar ham muhim oʻrin tutadi. Oltin (quyma va tanga koʻrinishida) yuqori likvidlikka ega boʻlgan xalqaro mablagʻlar orasida muhim ahamiyatga egaligini saqlab kelmoqda.
XVFga aʼzo mamlakatlar oʻzlarining O.-v.z.ga XVFdan erkin talab qilib olish mumkin boʻlgan valyuta qoldiqlarini kiritib borishga alohida eʼtibor beradi. Ushbu mablagʻdan XVF kapitaliga oltindan berilishi lozim boʻlgan toʻlov kvotasini oʻtkazib berishda foydalaniladi. 1970-yildan boshlab esa ushbu toʻlov kvotasini har bir davlat uchun belgilangan biror fond valyutasida toʻlash huquqlari joriy etildi.
O.-v.z. xalqaro mablagʻlarining zaxira fondi vazifasini bajaradi qamda toʻlov balansi taqchilligini qoplash va valyuta bozorida milliy valyuta kursini ushlab turish maqsadida intervensiya qilish uchun foydalaniladi. Uning optimal qiymati tashqi likvidlikni, yaʼni mamlakatning xorijiy mamlakatlarga boʻlgan toʻlovlarini oʻz vaqtida, uzluksiz taʼminlash uchun yetarli boʻlmogʻi lozim. O.-v.z.ning kamayishi mamlakatning valyuta siyosati salbiy ekanligidan dalolat beradi.
Oʻzbekistonda soʻnggi 5—6 yil davo-mida O.-v.z.ning hajmi mamlakatning 5 oylik import hajmini qoplay olish darajasida saqlanib kelin-moqda. Xalqaro tajribaga muvofiq, mamlakatning O.-v.z.ning hajmi maz-kur mamlakatning 3 oylik import haj-midan kam boʻlmasligi lozim (yana qarang Valyuta rezervlari).
Fayzulla Mullajonov.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |