Oltin vodiy koʻchasi (Toshkent)
Oltin vodiy koʻchasi — Sergeli tumanining „Oltin vodiy“ mahallasi hududida. Bezakchilik koʻchasi bilan Oltin vodiy 3-berk koʻchasi oraligʻida joylashgan. Uzunligi 1 km atrofida.
Umumiy maʻlumotlar | |
---|---|
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Shahar | Toshkent |
Tuman | Sergeli |
Uzunligi | 1 km |
Avvalgi nomlari | Vengriya koʻchasi |
Koʻchada joylashgan binolar |
Mexanika-taʼmirlash zavodi 359-bogʻcha „Fayz Xundeyshn“ Oʻzbekiston-Buyuk Britaniya qoʻshma korxonasi |
XX asrning 50-yillarida tashkil topgan. Dastlab Vengriya koʻchasi deb yuritilgan. 1997-yil 18-dekabrda „Oltin vodiy“ nomi berilgan. Tarkibida 2 ta tor va 2 ta berk koʻcha mavjud[1].
Yoʻnalishida „Fayz Xundeyshn“ Oʻzbekiston-Buyuk Britaniya qoʻshma korxonasi, Mexanika-taʼmirlash zavodi, „Qurilish lizing“ korxonasi, 359-bogʻcha, militsiya tayanch punkti, savdo shoxobchasi, dorixona, pochta, firma ofislari, koʻp qavatli va shaxsiy turar joy binolari joylashgan. Yaqinida „Toshshaharnur“, „Shamol“, „Vagon restoran“ va „Gyottegrup“ korxonalari, turli servis xizmat koʻrsatish maskanlari bor.
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.