Oltingugurtli boʻyagichlar - aromatik birikmalar, nitro- yoki aminobirikmalarni oltingugurt yoki natriy sulfid bilan birga qizdirishdan hosil boʻladigan sintetik boʻyagichlar. Oltingugurtli boʻyagichlar, odatda, suvda erimaydigan koʻp jinsli qattiq moddalardan iborat. Matoni boʻyashda Oltingugurtli boʻyagichlarni natriy sulfidning suvdagi eritmasi bilan qaytarib, leykobirikmalar hosil qilinadi. Bu moddalarning natriyli tuzlari suvda eruvchan boʻlib, matoga yaxshi singadi. Matoga singdirilgan leykobirikmalar xavo kislorodi bilan oksidlanib, dastlabki Oltingugurtli boʻyagichlar rangini oladi. Oltingugurtli boʻyagichlar sariq, jigarrang, koʻk, zangori, binaf-sha rang, yashil, qora va boshqa tusda boʻlishi mumkin. Oltingugurtli boʻyagichlar yuvilganda rangi aynimaydi. Arzon, olinishi oddiy boʻlgani uchun keng qoʻllanadi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil