Oltintopgan koʻchasi (Toshkent)
Oltintopgan koʻchasi — Bektemir tumanining Olim Ashirov mahallasi hududida. Bektemir koʻchasi bilan koʻcha etagidagi dala hovlilari oraligʻida. Uzunligi 4 km atrofida.
Umumiy maʻlumotlar | |
---|---|
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Shahar | Toshkent |
Tuman | Bektemir |
Uzunligi | 4 km |
Koʻchada joylashgan binolar |
„Koka-Kola“ LTD qoʻshma korxonasi temir-beton zavodi „Istal“ ilmiy-ishlab chiqarish „Oʻzbekoltin“ |
1990-yil Toshlent viloyati Oʻrta Chirchiq tumanidan Toshkent shahar tasarrufiga oʻtgan. 2008-yil 6-maydan Oltintopgan nomi bilan yuritiladi. Tarkibida 1 ta berk koʻcha bor[1].
Yoʻnalishida „Koka-Kola“ LTD qoʻshma korxonasi, temir-beton zavodi, „Istal“ ilmiy-ishlab chiqarish, „Oʻzbekoltin“, mebellar ishlab chiqarish korxonalari, „BK Intrans“ xalqaro avtokorxonasi, 56-avtobaza, savdo shoxobchalari, „Imperial“ restorani, 570-maktab, bogʻcha, koʻp qavatli va shaxsiy turar joy binolari joylashgan. Yaqinida Chirchiq daryosi oqib oʻtadi.
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.