Oltintopgan qoʻrgʻoshinrux koni

Oltintopgan qoʻrgʻoshinrux koni — Tojikiston Respublikasining Sugʻd viloyati hududida, Olmaliq shahridan 10 km masofada joylashgan polimetall koni. Kon Qurama togʻining jan.gʻarbida yuqori paleozoy davriga mansub granodioritlar bilan yuqori devon — quyi toshkoʻmir davrlariga oid karbonat jinslar oraligʻidagi tektonik buzilishlar zonasida. Rudalanishning shtok va dayka shakllaridagi granodiorit-porfirlar, granit-porfir, diabazli porfirlarning qumtosh, ohaktosh va slanets qatlamlari bilan tutashgan chegarasida rudali skarnlar hosil boʻlgan. Asosiy ruda hosil qiluvchi minerallar — galenit, sfalerit, kamroq miqdorda pirit, xalkopirit, magnetit va boshqa ishtirok etgan. Ruda toʻplamlarining qalinligi 10 m, uz. 1 km ga yetadi. Bu mintaqada ruda qazib olish miloddan avvalgi 3—2- ming yilliklarda boshlanganligi maʼlum. Hozirgi davr texnologiyalari boʻyicha keng miqyosda ruda qazib olish 1955-yilda Olmalik konmetallurgiya kombinati tarkibida tashkil etilgan, 1971-yilgacha kombinatsiyalashgan (yer osti va ochiq) usulda ish olib borilgan. Oltintopgan qoʻrgʻoshinrux koni-r.k.dan qazib olingan ruda Olmaliq qoʻrgʻoshin-rux boy-itish fabrikasi va zavodida qayta ishlangan. 1990-yillardan konda qazib olish ishlari toʻxtatilgan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil