Oltoy oʻlkasi
Altayskiy kray
Bayrogʻi Abrantish
Bayrog'i Gerbi

Mamlakat Rossiya
Markazi Barnaul
Maydoni
  • barchasi
Rossiyada 22-oʻrinda
  • 167 996 km²
Aholisi Rossiyada 22-oʻrinda
  • 14,4 kishi/km²
YaIM
  • barchasi
  • jon boshiga
Rossiyada 35 oʻrinda
Federal okrug Sibir
Iqtisodiy tumani Ekaterinodar
Okrugning iqtisodiy nomi Gʻarbiy-Sibir
Gubernatori Aleksandr Karlin
RF sub’ektining kodi 22
Vaqt mintaqasi MSK+3 (UTC+7)

Oltoy oʻlkasi (ruscha: Altayskiy kray) – Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi oʻlka. 1937-yil 28-sentabrda tashkil etilgan. Gʻarbiy Sibirning janubida, Ob daryosi yuqori oqimi va uning irmoqlari – Biya va Katun havzalarida joylashgan. Gʻarbiy Sibir iqtisodiy rayoniga kiradi. Oltoynit deyarli hammasini, Salairning gʻarbiy yon bagʻirlarini va unga yondosh tekislik hamda togʻ oldi hududlari – Dashtli Oltoyni oʻz ichiga oladi. Janubi-sharkda MXR va Xitoy bilan chegaradosh. Maydoni 169,1 ming km². Aholisi 2672 ming kishi (1998), asosan, ruslar (89,5%), shuningdek, ne-mis (4,9%), ukrain (2,9%) va boshqa millat vakillari ham (2,7%) yashaydi. Shahar aholisi 52,6%. Markazi – Barnaul shahri Boshqa yirik shaharlari: Biysk, Rubsovsk. 60 maʼmuriy tuman, 12 shahar, 15 shaharchaga boʻlingan.

Oltoy oʻlkasi 1917-yilgacha Tomsk gubernyasi tarkibida boʻldi, 1917-yildan Oltoy gubernyasi deb atalgan, 1925-yildan Sibir oʻlkasi tarkibida (1930-yilda Gʻarbiy Sibir oʻlkasi qilib oʻzgartirildi). 1991-yil oʻlka tarkibidan Togʻli Oltoy respublikasi (1992-yildan Oltoy Respublikasi) ajralib chikdi.

Tabiati. Oʻlka hududi Ob daryosi tomonidan sharqiy (Salair kryajining togʻ etagi va yon bagʻirlari) va gʻarbiy (Kulundi tekisligi, Ob boʻyi platosi) qismlarga boʻlinadi. Janubi-sharqda – Oltoy togʻlari tarmogʻi (balandligi 2421 m gacha). Toshkoʻmir, polimetall rudalar, Kulundi tekisligi koʻllarida turli tuz konlari bor. Iqlimi kontinental.

Qishi sovuq, kam qorli. Yanvarning oʻrta-cha temperaturasi –19°. Yozi qisqa, iliq, iyulning oʻrtachi temperaturasi 19°. Yiliga 250– 350 mm yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri 160–170 kun. Xududining katta qismi Ob va uning irmoqlari – Biya va Katun havzalariga mansub daryolaridan sugʻoriladi, qolgan daryolar Kulundi dashtining oqmas havzasiga mansubdir. Yirik koʻllari – Kulundi, Kuchuk. Tuproqlari asosan, qoratuproq (tekisliklarda). Oʻlkaning gʻarbiy qismida shoʻrlangan tuproqlar, togʻlarda togʻ podzol tuproklar. Oʻlka hududining 1/3 qismi oʻrmon. Tekislik qismini dasht va oʻrmonli dasht egallagan. Dasht oʻsimliklari deyarli qolmagan, koʻp yerlar haydab yuborilgan. Togʻlarning eng tepasida alp va subalp oʻtloqlari hamda togʻ tundrasi mavjud.

Hayvonot dunyosi. Dashtlarda kemiruvchi koʻp, qushlardan dasht toʻrgʻayi va balchiqchi, tuvaloq, bizgʻal-doq, dasht burguti, daryo vodiylarida suv parrandalari, togʻlarda los, maral, togʻ echkisi, togʻ qoʻyi yashaydi. Oltoy oʻlkasining janubi-sharqiy qismida Oltoy qoʻriqhonasi bor.

Xoʻjaligi. Sanoatining asosiy tarmoklari: mashinasozlik va metallsozlik (traktor, traktor pluglari – „Altaytraktor“ aksiyadorlik jamiyati; qishloq xoʻjaligi mashinalari – „Altayselmash-xolding“; bugʻ qozonlari; magistral yuk vagonlari – „Altayvagon“ Rossiya ishlab chiqarishning 1/z qismini beradi; „Altaydizel“, „Sibenergomash“ va boshqalar); kimyo va neft-kimyosi (shina, sunʼiy tola, kimyo mahsulotlari va boshqa ishlab chikarish – „Ximvolokno“, „Barnaulshina“, „Kauchuksulfat“, kimyo reaktivlari zavodlari, „Altayximprom“ ishlab chiqarish birlashmasi); oziq-ovqat (goʻsht, pishloq, moy ishlab chiqarish), yengil (ipgazlama, trikotaj ishlab chiqarish), konchilik (polimetall rudalar, oltin, simob, osh tuzi va glauber tuzi); oʻrmon va yogʻochsozlikdir.

Oʻlkadagi korxonalar uy-roʻzgʻor texnikasi: „Ob“ va „Altay-elektron“ kir yuvish mashinalari, sentrifuga, „Altay“ televizorlari, elektronasoslar, „Drujba“ benzopilalari, oshxona mashinalari va boshqa hamda maishiy kimyo tovarlari, mebel, sport va turizm bilan shugʻullanish uchun mahsulotlar chiqaradi. Asosiy sanoat markazlari: (Barnaul, Biysk, Rubsovsk, Novoaltaysk, Slavyangorod, Zarinsk shaharlari).

Qishloq xoʻjaligida gʻalla, sut, goʻsht yetishtiriladi. Kungaboqar, qand lavlagi hamda zigʻir ekinlari koʻp ekiladi. Mevachilik rivojlangan, galla, kartoshka, sabzavot ekiladi. Qoʻychilik, parrandachilik, asalarichilik, moʻynachilik taraqqiy etgan. Togʻlarda ola kiyik va marallar boqiladi. Biyskdan Mongoliyaga Chuya trakti oʻtgan. Av-toyoʻllar zichligi 83 km/ming km² (1997). Ob daryosida kema qatnaydi. 6 oliy oʻquv yurti, kutubxonalar, balneolo-gik va iqlimiy kurortlar bor[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



Havolalar

tahrir