Olu,olcha
Olu(olcha) — soʻzi fors tilidan oʻzlashgan va oʻzbek tilida aktiv qoʻllanuvchi boʻlib, qoʻshma soʻzlar tarkibida birinchi yoki ikkinchi komponent sifatida qatnashadi. Alisher Navoiy ijodida ham koʻpgina qoʻshma soʻzlar tarkibida kelganligini koʻramiz. Mustaqil holda ham olu shaklida kelgan: Husnu raʼnoliq bila dastori uzra sanchibon, Vahki, shaftoli gulidur, yo erur olu guli. (Badoe ul-vasat, 702)
Olu soʻzining yasalishi
tahrirOlu — soʻzi fors-tojik tili materiali boʻlib, u rang bildiruvchi ol-al soʻzidan yasalgan. Dastlab rangli mevalarni ummumnom — olu nomi bilan atab, keyinchalik yana ularni tur va guruhlarga ajratishda qatnashgan(shaftolu, zardolu, olma, olcha-olucha, olu, gilos va boshqalar).
Olu soʻzining etimoni
tahrirOlu soʻzining etimoni haqida manbalarda maʼlumot berilmagan. Mana shu qoʻllash formalarini qiyoslash va fors-tojik tilidagi rang ifodalovchi soʻz asoslaridan ol-al bilan aloqasi bor. Chunki shu turdagi mevalar bir-birlaridan faqatgina rang, tuslari bilan farqlanadi.
Ranglar boyicha turlari
tahrirfors tilida: oluzard — sariq olu, olusiyoh — qora olu, oluyisafid — oq olular, parallel: shaftolu — oq olu, zardolu — sariq olu, olbolular qoʻllanadi.
Biologik turlari
tahrirMevani rangidan tashqari, bilogik belgisi orqali ham nomlanadi: (pashm alu) — tukli (yungli oli) — tukdor olu
Qadimgi va hozirgi manbaalarda qoʻllanishi
tahrirOʻrxun-Yenisey yozma manbalarida uchramaydi. Mahmud Qoshgʻariy lugʻatida aluch(olicha) ,Zamaxshariy lugʻatida a:lu, hozirgi tillarda: tojik tilida olu, fors tilida alu, kurd tilida olucha, turkiy tillarda: turkman tilida garali, qoraqalpoq tilida qaroli kabilar.
Manbalar
tahrirBu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |
- ↑ Vafoyev, Bahrom. Meva nomlari, "FAN" nashriyoti, Toshkent, 1991 — 14-16-bet. ISBN 5 - 648 - 01251 -9.