Omar Hawsawi (talaffuzi: Umar Havsaviy) (arab:ʿmr hwsạwy; 1985-yil 27-sentyabrda tugʻilgan) — Saudiya Arabistoni futbolchisi, hozirda „Al-Ittihod“ jamoasida oʻynaydi. Shuningdek, u Saudiya Arabistoni terma jamoasi sharafini himoya qilgan va 2013—2019-yillarda 53 ta oʻyin oʻtkazgan. U 2018-yilgi Jahon chempionati va 2015 va 2019-yillardagi Osiyo kubogi musobaqalarida ham ishtirok etgan[3].

Omar Hawsawi
Hawsawi Saudiya Arabistoni milliy terma jamaosi safida
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Omar Ibrahim Omar Othman Hawsawi
Tavallud sanasi 27-sentyabr 1985-yil (1985-09-27) (38 yosh)
Tavallud joyi Makka, Saudiya Arabistoni[1]
Boʻyi 1.84 m[2]
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Al-Ittihad
Raqami 5
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Al-Shabab
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2008—2009 Al-Washm
2009—2011 Al-Shoulla 15 (2)
2011—2020 Al-Nassr 170 (11)
2020- Al-Ittihad 40 (1)
Milliy terma jamoa
2013—2019 Saudiya Arabistoni 53 (3)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(16-oktabr 2022-yil uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (10-sentabr 2019-yil uchun)

Professional faoliyati tahrir

Hawsawi dastlab Al-Shabab jamoasining yoshlar tarkibining bir qismi boʻlgan, ammo u asosiy jamoada debyutini oʻtkazmasdanoq jamoa yoshlar klubidan ketgan. „Ash-Shabob“ klubidan ketganidan soʻng Hawsawi „Al-Vashm“ jamoasiga qoʻshildi. U undan keyingi jamoasi hisoblangan Al-Shoulla jamoasiga qoʻshilishdan oldin Al-Vashm jamoasi safida bir yil oʻynadi[4].

Al-Shoulla tahrir

Uning Al-Shoula jamaosi safidagi ilk oʻyini „Al-Faysaliy“ jamoasiga qarshi boʻlgan. Biroq ush jamoa safida ham bir yil oʻynaganidan soʻng u ketdi. U ishbu jamoa safidagi soʻnggi oʻyinini „Al-Jeel“ klubiga qarshi oʻtkazdi[5].

Al-Nassr tahrir

2010-yil 13-oktabrda Hawsawi „Al-Nassr“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi va 2011-yil qishgi transferlar asosida klubga qoʻshildi[6]. U 2011-yil 24-fevralda „Al-Faysaliy“ jamoasiga qarshi oʻyinda (3:2) asosiy jamoa safida oʻzining ilk debyutini qilgan. 2013−2014-yilgi mavsumda u 22 ta oʻyinda maydonga tushib, „Al-Nassr“ jamoasiga Saudiya Arabistoni ligasi va Valiahd shahzoda kubogini yutishda yordam berdi. 2014-yilning 15-yanvarida Hawsawi „Al-Nassr“ jamoasi bilan shartnomasini 4-yilga uzaytirdi[7]. 2014−2015-yilgi mavsumda u ushbu jamoa bilan yana Saudiya Arabistoni Ligasini yutgan. 2017-yilning 4-aprelida „Al-Nassr“ klubi himoyachi Omar Hawsawining tibbiy koʻriklari chorak finalda „Al-Hilol“jamoasiga qarshi oʻyindan soʻng tizzasidan yengil jarohat olgani va besh kun dam olish va davolanishga muhtojligini eʼlon qildi[8]. 2018-yilning 28-yanvarida Hawsawi „Al-Nassr“ jamoasi bilan shartnomasini yana bir bor yangiladi[9]. 2018—2019-yilgi mavsumda Hawsawi „Al-Nassr“ jamoasi sardori boʻldi, 4 yil ichida birinchi bor oʻz sardorligidagi jamoasini liga chempioni qildi (Saudiya Arabistoni Ligasining 8-chempioni)[10].

Xalqaro maydonda tahrir

2018-yilning may oyida u Saudiya Arabistonining 2018-yilda Rossiyada boʻlib oʻtadigan futbol boʻyicha Jahon chempionati uchun dastlabki tarkibidan joy oldi[11]. 2019-yil 3-oktabr kuni Omar Hawsawi oʻzining rasmiy Twitter sahifasi orqali xalqaro miqyosda nafaqaga chiqishini eʼlon qildi[12][13][14]. U Saudiya Arabistoni terma jamoasi sharafini 3 ta yirik turnirda, 2015 va 2019-yilgi OFK Osiyo kuboglari va 2018-yilgi FIFA Jahon chempionatida himoya qilgan.

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub tahrir

2021-yil 30-may holatiga ko`ra[15]
Klub Mavsum Liga Qirollik kubogi Valiahd shaxzoda kubogi Osiyo oʻyinlari Boshqalar Jami
Diviziya Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Al-Nassr 2010-11 Pro Liga 8 1 1 0 1 0 6 0 16 1
2011-12 Pro Liga 13 2 1 0 2 0 16 2
2012-13 Pro Liga 15 1 2 0 3 0 2[lower-alpha 1] 0 22 1
2013-14 Pro Liga 22 3 1 0 4 0 27 3
2014-15 Pro Liga 24 2 4 0 3 1 6 0 1[lower-alpha 2] 0 38 3
2015-16 Pro Liga 23 1 4 0 2 0 5 0 1[lower-alpha 2] 0 35 1
2016-17 Pro Liga 23 1 3 0 4 0 30 1
2017-18 Pro Liga 22 0 2 0 3[lower-alpha 1] 0 27 0
2018-19 Pro Liga 13 0 2 0 11 2 3[lower-alpha 1] 0 29 2
2019-20 Pro Liga 7 0 2 0 1 0 0 0 10 0
Jami 170 11 22 0 19 1 29 2 10 0 250 14
Al-Ittihad 2020-21 Pro Liga 17 0 0 0 2[lower-alpha 1] 0 19 0
Faoliyat jami 187 11 22 0 19 1 29 2 12 0 269 14

Xalqaro oʻyinlari tahrir

2019-yil 10-sentabrda holatiga koʻra
Saudiya Arabistoni terma jamoasi
Yil Oʻyinlar Gollar
2013 1 0
2014 11 1
2015 7 0
2016 8 1
2017 12 0
2018 12 1
2019 2 0
Jami 53 3

Xalqaro gollari tahrir

Gollar va natijalar ustunida birinchi oʻrinda Saudiya Arabistoni terma jamoasining gollari roʻyxatini koʻrsatadi[16].
# Sana Joy Raqib terma jamoa Hisob Natija Musobaqa
1. 2014-yil 14-oktyabr Qirol Abdulla sport shahri, Jidda   Livan 1 — 0 1-1 Oʻrtoqlik uchrashuvi
2. 2016-yil 15-noyabr Saitama stadioni 2002, Saitama   Yaponiya 1 — 2 1-2 2018-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi
3. 2018-yil 26-fevral Qirol Abdulla sport shahri, Jidda   Moldova 1 — 0 3-0 Oʻrtoqlik uchrashuvi

Yutuqlari tahrir

Al-Nassr

  • Saudiya Arabistoni Professional Ligasi: 2013-2014, 2014-2015, 2018-2019
  • Saudiya Valiahd shahzodasi kubogi: 2013-2014
  • Saudiya Superkubogi: 2019

Manbalar tahrir

  1. „عبدالله مادو يقود دفاع النصر أمام الرائد“.
  2. „2018 FIFA World Cup: List of players“. FIFA (18-iyun 2018-yil). 2018-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-iyun 2018-yil.
  3. „عمر هوساوي - Omar Hawsawi“.
  4. „عمر هوساوي من نادي الوشم الى افضل مدافع بالدوري السعودي“. [sayt ishlamaydi]
  5. „وساوي يتعرض لحرج من جماهير الخرج وينفي قيمة عقده مع النصر“.
  6. „رسمياً .. لاعب الشعلة عمر هوساوي إلى صفوف االنصر“. 2019-yil 20-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 5-noyabr.
  7. „رئيس النصر يجدد عقد عمر هوساوي لأربع سنوات“.
  8. „النصر السعودي يعلن إصابة هوساوي وعيد“ (arabcha). kooora.com. Kooora (4-aprel 2017-yil). Qaraldi: 3-iyul 2017-yil.
  9. „النصر يجدد عقد "عمر هوساوي" لمدة موسمين“.
  10. „النصر بطلا لأقوى نسخ الدوري السعودي“.
  11. „World Cup 2018: All the confirmed squads for this summer's finals in Russia“.
  12. „tweet“.
  13. „عمر هوساوي يعلن اعتزاله اللعب الدولي“.
  14. „هوساوي مع الأخضر.. 47 مباراة.. ومونديال وحيد“.
  15. Omar Hawsawi Soccerway saytida. Qaralgan sana: 15-mart 2018-yil.
  16. „Hawsawi, Omar“. National Football Teams. Qaraldi: 1-mart 2018-yil.

Havolalar tahrir

Izohlar tahrir

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Appearances in Arab Club Champions Cup
  2. 2,0 2,1 Appearance in Saudi Super Cup