Omaxa — AQShning markaziy qismidagi shahar, Nebraska shtatida. Aholisi 390 ming kishi (2000). Muhim temir yoʻl tuguni. Missuri daryosi buyidagi port. Yirik qishloq xoʻjaligi rayonining savdo markazi. Gʻalla va gusht birjalari bor. Yirik oziq-ovqat (un tortish, gusht, yogʻ kombinatlari) sanoati markazi. Aloqa vositalari, EHM, yuk mashinalari, sanoat jihozlari, qishloq xoʻjaligi mashinalari, mineral oʻgʻitlar ishlab chiqariladi. Rangli metallurgiya (rux eritish) rivojlangan. Un-t bor. Shaharga 1804-yilda asos solingan.[1]

Manbalar Tahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil