Ombor zararkunandalari - don, chorvachilik mahsulotlari va boshqalarni zararlaydigan hasharotlar, jonivorlar. Omborlar, elevatorlar, tegirmonlar, makaron va konditer mahsulotlari fabrikalari, odamlar yashaydigan binolar va boshqa joylarda tarqalgan; shuningdek, dala va gʻalla xirmonlarida ham uchraydi. Ombor zararkunandalarining koʻpchiligi hasharotlar sinfining qoʻngʻizlar (qattiq-qanotlilar), kapalaklar (tangaqanotlilar) turkumiga, shuningdek, oʻrgimchaksimonlar sinfining kanalar turkumiga mansub. Qushlar va sut emizuvchilar sinfi vakillari orasida ham Ombor zararkunandalari bor. Ombor zararkunandalari butun Yer yuzida keng tar-qalgan. Ombor zararkunandalari dan ombor uzuntumshuq qoʻngʻizi (mitasi), guruch mitasi, kichik un mitasi, toʻgʻnogʻichsimon moʻylovli mita, katta un mitasi, surinam un-xoʻri, gilam qoʻngʻizi, toʻq qoʻngʻir mita, mugʻombir trogoderma, qoʻngʻir terixoʻr, Mavritaniya qoʻngʻizi, kalta sargʻish unxoʻr, vetchina terixoʻri, don parvo-nasi, ombor kuyasi, don kuyasi, tegir-mon parvonasi, un parvonasi, janub ombor parvonasi, un kanasi, choʻziq kana, qoramtir kana, oddiy tukdor kana va boshqa koʻp tarqalgan boʻlib, katta zarar keltiradi. Bulardan kichik un mitasi (Tribolium confusum Duv.), toʻq qoʻngʻir mita (Alphitobius laevigatus F.), katta un mitasi (Tenebrio molitor L.), toʻgʻnogʻichsimon moʻylovli mita (Tribolium castaneum Herbst.), kalta moʻylovli sargʻish unxoʻr (Cryptolestes ferrugineus Steph.), qoʻngʻir terixoʻr (Attagenus simulens Solski.), don parvonasi (Sphestia elutella Hb.), janub ombor parvonasi (Plodie interpunctella Hb.), ombor kuyasi (Tinea granella L.), don kuyasi (Sitotroga cerealella Oliv.), choʻziq kana (Tyrophagug putres centia Ouds.), un kanasi (Acarus siro L.), oddiy tukdor kana (Glycyphagus destructor Schrk.) va boshqa paxta, chigit, kun-jara, shulxa va boshqa mahsulotlarning xavfli zararkunandalaridir.

Ombor zararkunandalari oziq-ovqat mahsulotlari zaxirasini nobud qiladi, donning murtagi va unli qismini yeydi natijada gʻalla va boshqa uzoq saqlanmaydi, ularning ozukalik sifatini buzadi, urugʻlarni shikastlab, unuvchanligini keskin kamaytiradi.

Shuningdek, kalamush va sichqonlar ham Ombor zararkunandalari hisoblanadi. Ular mahsulotlarni nobud qilibgina qolmay, balki inshootlarni, asbob-uskunalarni ishdan chiqaradi hamda turli yuqumli kasalliklarni tarqatadi. Zararkunandalar mustaqil ravishda hamda mahsulot tashiladigan idishlar, mahsulotlar hamda ombor anjomlari va boshqa orqali tarqaladi.

Kurash choralari: har yili yangi xrsilni qabul qilish oldidan va zaruratga koʻra, omborlar, bostirmalar, xirmonlar, mahsulot tashiladigan idishlar va anjomlarni taʼmirlash, yilda ikki marta — bahor (apr,—may) va yoz oxiri (iyul— avgust)da xlorofos, karbofos va boshqa preparatlar bilan ham dezinseksiyalash, ombor atroflarini toza tutish, axlatlarni yoqib tashlash yoki yerga koʻmish kerak.

Ombor zararkunandalarini yoʻq qilish uchun mahsulot saqlanadigan omborlarni brommetil yoki metilxlorid bilan gazli dezinseksiyalash — fumigatsiya zarur[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil