Omon polvon [1856, Namangan viloyati Uychi tumani Xizrobod qishlogʻi — 1923.13.6, Namangan] — Fargʻona vodiysida sovet rejimiga qarshi harakatning rahbarlaridan biri.

Omon polvon Mavlonqul o`g`li 1856-yilda hozirgi Namangan viloyati Uychi tumanining Xizrobod qishlog`ida tavallud topgan. U yoshlik davrlaridan ot choptirib, kurash tushib xalq orasida alohida obro`-e’tibor qozongan mashhur polvonga aylanadi. Shuning uchun ham Qoʻqon xonligining eng mashhur eshonlaridan  biri Hoji Muhammad Aminbek(Omon polvon unga murid bo`lgan edi)ning fatvosi bilan Xizrobod qishlog`i mirobboshisi lavozimiga tayinlangan. Ushbu lavozimda Omon polvon 30 yildan ortiq vaqt davomida mehnat qiladi. 1918-yilga kelib, Turkiston muxtoriyati qulatilshi, arman dashnoqlarining hamda qizil askarlarning shavqatsizliklari natijasida xalqarvar Omon polvon o`z erki, millati va dini uchun qo`liga qurol olib qonli kurash maydoniga kiradi. Tarix fanlari doktori Bahrom Irzayev ta’kidlashicha, “Zarxon(To`raqo`rg`on hududida joylashgan qishloq)ga kelgan piri Hoji Muhammad Aminbek eshon unga miltiq va bir necha yigit beradi. Omon polvonga qo`rboshi unvoni va xalqdan soliq yig`ib olish huquqini beruvchi fatvo yozib, o`z muhrini bosadi. Shundan so`ng Omon Polvon ham Turkiston milliy ozodligi uchun hayot-mamot jangiga kirgan istiqlolchilar safidan o`rin oladi”[1].

Istiqlolchilar uchun asosiy kurash davri 1918-yilning mart oylaridan boshlandi. Boymirza Hayitning ma’lumotlariga ko`ra, 1918-yilda Omon Polvon qo`l ostida 2500 dan ortiq yigit bo`lgan. Bu davrda Shermuhammadbek, Nurmuhammadbek, Xolxo`ja Eshon, Markamxoji, Rahmonqul, Muhiddinbek kabi qo`rboshilar qatorida Omon Polvon ham marg`ilonlik qo`rboshi Madaminbekning qo`l ostida yagona kuch sifatida harakatlanadi.

1919-yilning N

Noyabr oyining oxirida Madaminbek, Xolxo`ja Eshon va Omon Polvon boshchiligidagi 5000 kishi Qozon polkiga qarashli bitta otryadni qirib tashladi. 1920-yil 10-oktabrida o`zining 300 yigiti bilan Namangan shimolidagi Pishqaron qishlog`ini egalladi. Razvedka ma’lumotlariga ko`ra, shundan so`ng Omon Polvon 100 nafar qirg`iz yigiti bilan 15-noyabr kuni Kosondan shimoli-g`arb tomondagi tog`larga hamda Uychi va Yorqo`rg`on qishloqlariga joylashadi.

1922-yil mart-iyul oylarida o`sh hududi to`liq istiqlolchilardan ozod etildi. Andijon uyezdi ham qo`qonqishloq rayonidan tashqari, Namangan uyezdida o`sha vaqtda mavjud bo`lgan 29 ta volostidan 23 tasi istiqlolchilardan “tozalandi”. Vodiy istiqlolchilarining deyarli yarmi mahv etildi. Omon Polvon qo`l ostidagi qo`rboshilar – Turdi Ali Boyvachcha, Sotivoldi, Usta Ro`zimat va Mirzo Rayim qo`rboshilar 200 dan ortiq yigiti bilan; Jonibek Qozi, Mulla Xoji, Said Ponsod 200 ga yaqin yigiti; Umarqul qo`rboshi esa 40 yigiti bilan sovet hokimiyati tomonga o`tdilar. Bu holat Omon Polvon kuchlarini zaiflashtirib yubordi. 1922-yil May oyida Norin daryosidan Chustgacha bo`lgan joylarda Omon Polvo va uning yordamchilari Maqsud Mujohid -  Uychida, Dadaboy Qo`rboshi – To`raqo`rg`onda faoliyat ko`rsatar edilar.

Ko`plab vatanparvar istiqlolchi kuchlar qatorida Omon Polvon ham o`zining sha`ni va g`ururi uchun ham kurash maydoniga kirgan bo`lsa ajab emas. “Qizil askarlar ichkari hovliga kirib ayollar bilan ko`ngliga nima xush kelsa, shuni qilardi”[2] – deb yoziladi o`sha davrdagi hujjatlarda. Bunday bedodlik va zo`ravonliklardan bezor bo`lgan mahalliy aholi istiqlolchilardan yordam so`rashga majbur bo`lar edilar. “1921-yil 14-martda Pishqaron qishlog`i aholisi Omon Polvon va Rahmonquldan bu yerdagi rus garnizonini yo`qotishni so`raydilar. Qo`rboshilar o`z yigitlari bilan 18 nafar qizil askarlarni bozor maydonidan o`ldiradilar”[3].

Adabiyot tahrir

  • Turkestan v nachale XX veka: k istorii istokov natsionalnoy nezavisimosti, T., 2000; Rajabov Q., Haydarov M., Turkiston tarixi (1917-1924), T., 2002.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil