Omonat sertifikati, depozit sertifikati — omonat banki yoki boshqa kredit muassasasining pul omonatga qoʻyilganligini tasdiqlovchi hujjati. U pul belgilangan muddat oʻtishi bilan omonatni va u boʻyicha foizlarni talab qilib olish uchun asos boʻlib xizmat qiladi. 2 turda muomalaga chiqariladi: yuridik shaxslarga 1 yilgacha muddatga beriladigan O.s; jismoniy shaxslarga 3 yilgacha muddatga beriladigan Omonat sertifikati Omonat sertifikatining muomalada boʻlish muddati u berilgan kundan boshlab omonatni talab qilib olish sanasigacha hisoblanadi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil