Onixiya (yunoncha, onyx, onychos — tirnoq), onixoz — qoʻl-oyoq tirnoklarining kasalligi; bunda tirnoq plastinkasining rangi uzgarib, rang-barang dogʻ va hoshiyalar paydo buladi, tirnoqning shakli uzgaradi, qalinla-shadi yoki yupqalashadi, yuzi gʻadir-budir boʻlib qoladi, kundalangiga yoki uzunasiga ketgan egatlar vujudga kelib, tirnoq joyidan kuchadi. Onixiya tugʻma boʻlishi yoki turli sabablar bilan (mas, tirnoq plastinkasi yoki tirnoq falangasining shikastlanishi natijasida) kelib chiqishi mumkin. Trixofitiya, kal yara zamburugʻlari, shuningdek, stafilokokk va streptokokklar. O.ga sabab boʻladi. Ichki aʼzolar, nerv sistemasining turli kasalliklari, moddalar almashinuvinchng buzilishi, ichki sekretsiya bezlari kasalliklarida, shuningdek, teri kasalliklaridan baʼzilari (ekzema, psoriaz va boshqalar)da ham O. kuzatiladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil