Kanserogen moddalar (lot. cancer — rak va genes — keltirib chiqarmoq), kanserogenlar, onkogenn moddalar — maʼlum sharoitda organizmga taʼsir qilganda rak va b. oʻsmalar paydo qiluvchi kimyoviy moddalar. 500 ga yaqin xili maʼlum. Politsiklik uglevodorodlar, azoboʻyoqlar, aromatik aminlar, nitrozaminlar, ogʻir metall tuzlari, alkaloidlar, toksinlar va b. K. m.ga kiradi. Ularning koʻpchiligi mutagenlar va immunodepressantlardir. K. m. odam va hayvon organizmiga tashqaridan kirishi (ekzogen K.m.) yoki organizmning oʻzida kanserogen boʻlmagan moddalardan paydo boʻlishi (endogen K.m.) mumkin. Baʼzi endogen mahsulotlar (steroid gormonlar, triptofan metabolitlar va b.) koʻp toʻplansa yoki si-fati oʻzgarsa, ular ham K. m. xossasiga ega boʻladi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil