Operativlik sanʼati
Operativlik sanʼati - harbiy sanʼatnnng tarkibiy qismi; urush harakatlari maydonlarida qurolli kuchlar turlarining operativ birlash-malari tomonidan birgalikda yoki mustaqil operatsiya (amaliyot) va jangovar harakatlarni tayyorlash va amalga oshirish nazariyasi va praktikasi masalalarini oʻz ichiga oladi. Hujum, mudofaa, qoʻshinlarni operativ qayta guruhlashni tashkil etish, uni amalga oshirishni oʻrganadi va ishlab chiqadi. Operativlik sanʼati strategiya bilan taktika oraligʻidagi sanʼat boʻlib, ular oʻrtasida bogʻlovchilik rolini oʻynaydi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |