Oprah Winfrey

AQSHlik tadbirkor, milliarder, aktrisa, prodyuser

Oprah Gail Winfrey (/ˈprə/; talaffuzi: Opra Geyl Uinfri; 1954-yil 29-yanvarda tugʻilgan) – amerikalik tok-shou boshlovchisi, teleprodyuser, aktrisa, gʻoya muallifi va mediamagnat[2]. 1986-yildan 2011-yilgacha, 25 yil davomida Chikagodan efirga uzatilgan Oprah Winfrey Show (Opra Uinfri shousi) nomli tok-shousi bilan mashhur[3][4]. „Ommaviy axborot vositalari malikasi“ deb atalgan[5]. 20-asrning eng boy afro-amerikalik ayoli[6][7]. Dunyodagi yagona qora tanli milliarder edi[8]. 2007-yilda dunyodagi eng nufuzli ayol sifatida qayd etilgan[9][10].

Oprah Winfrey

Winfrey in 2023
Tavalludi
Orpah Gail Winfrey

29-yanvar 1954-yil (1954-01-29) (70 yosh)
Fuqaroligi AQSh
Kasbi
  • teleboshlovchi
  • aktrisa
  • prodyuser
  • mediamagnat
  • xayriyachi
  • muallif
Faoliyat yillari 1973-yildan
Partiyasi Mustaqil siyosatchi
Unvoni Harpo Productions raisi (1986-yildan)
Oprah Winfrey Network (2011-yildan)
Bolalari 1ta (vafot etgan)[1]
Onasi Vernita Lee Winfrey
Mukofotlari Andoza:AQSh prezidentining ozodlik medaliAndoza:Kennedy markazi medali
Veb-sayti oprah.com
Imzosi

Uinfri Missisipi qishlogʻida qashshoqlikda yashagan oilada tugʻilgan va keyinchalik Miluoki shahrida oʻsgan. Bolaligida va oʻsmirlik davrida jinsiy zoʻravonlikka uchraganini va 14 yoshida homilador boʻlganini aytgan. Oʻgʻli muddatidan oldin tugʻilgan va goʻdakligidayoq vafot etgan[11]. Keyinroq otasi bilan yashagan. Oʻrta maktabda oʻqiyotgandayoq Tennessi shtatining Neshvill shahrida sartarosh boʻlgan va bir vaqtning oʻzida radioda ishlagan[12]. 19 yoshida mahalliy kechki yangiliklar uchun hammuallif edi. Uning maʼlumotni hissiy, favqulodda yetkazib bera olish qobiliyati kunduzgi tok-shou arenasiga olib keldi. Chikagoda uchinchi oʻrinni egallagan mahalliy tok-shousini birinchi oʻringa koʻtarilishiga hissa qoʻshdi. Keyinroq oʻzining prodyuserlik shirkatini ishga tushirdi[13].

1990-yillarning oʻrtalariga kelib, Uinfri adabiyot, oʻz-oʻzini takomillashtirish, ong va maʼnaviyatga eʼtibor qaratgan holda oʻz shousini qaytadan kashf etdi[14]. U eʼtirof etish madaniyatini yoʻlga qoʻygani, munozarali oʻz-oʻziga yordam gʻoyalarini ilgari surgani va hissiyotlarga asoslangan yondashuvga ega boʻlgani uchun tanqid qilingan boʻlsa-da, boshqalarga xayrixoh boʻlishda qiyinchiliklarni yengib oʻtgani uchun maqtovga sazovor boʻldi[15][16]. 2008-yilgi prezidentlik poygasida siyosiy kuch sifatida paydo boʻldi. Barack Obamaning 2008-yilgi prezidentlik poygasida taxminan bir million ovozni olib berishga hissa qoʻshgan[17]. 2013-yilda Uinfri Prezident Barack Obama tomonidan Ozodlik medali bilan taqdirlandi. Dyuk va Garvard oliygohlaridan faxriy doktorlik unvonlarini oldi[18][19]. 2008-yilda oʻzining Opra Winfrey Network (OWN) tarmogʻini yaratdi[20]

Ommaviy aloqaning yanada samimiy, konfessional shaklini yaratganligi tufayli Phil Donahue tomonidan asos solingan tabloid tok-shou janrini ommalashtirdi[21][22]. 1994-yilda Milliy ayollar shon-sharaf zaliga kiritildi[23]. Oʻz faoliyati davomida koʻplab mukofotlarni qoʻlga kiritdi. 2021-yilda Amerika sanʼat va fanlar akademiyasining aʼzosi etib saylangan[24].

Filmografiyasi

tahrir
  • 1985 – „The Color Purple“da Sofiya
  • 1986 – „Native Son“da missis Tomas
  • 1989 – „Women of Brewster Place“da Mattie
  • 1992 – „Lincoln“ da Elizabet
  • 1993 – „There Are No Children Here“
  • 1997 – „Before Women Had Wings“
  • 1998 – „Ellen“
  • 1998 – „All-American Girl“
  • 1998 – „Beloved“
  • 1999 – „Our Friend, Martin“
  • 2001 – „A Prayer for America: Yankee Stadium Memorial“
  • 2003 – „Unchained Memories: Readings from the Slave Narratives“
  • 2005 – „Emmanuelʼs Gift“
  • 2006 – „Charlotteʼs Web“
  • 2007 – „Bee Movie“
  • 2009 – „The Princess and the Frog“
  • 2013 – „The Butler“
  • 2014 – „The Selma“

Manbalar

tahrir
  1. „Oprah Winfrey in Melbourne for Australian tour 2015 spreads a message of love, reveals lost child“. News.com.au. Qaraldi: 2017-yil 25-sentyabr.
  2. „Oprah Winfrey Biography and Interview“. achievement.org. American Academy of Achievement. — „Winfrey has said in interviews that 'my name had been chosen from the Bible. My Aunt Ida had chosen the name, but nobody really knew how to spell it, so it went down as "Orpah" on my birth certificate, but people didn't know how to pronounce it, so they put the "P" before the "R" in every place else other than the birth certificate. On the birth certificate it is Orpah, but then it got translated to Oprah, so here we are.'“.
  3. King World Productions (2004-yil 4-avgust). „Oprah Winfrey signs with King World Productions for new three-year contract to continue as host and producer of "The Oprah Winfrey Show" through 2010–2011“. Press-reliz.
  4. „Oprah Winfrey“ (en-us). Biography (2021-yil 17-fevral). Qaraldi: 2022-yil 5-mart.
  5. Oswald, Brad. „Yes, she's Queen of all Media, but to Discovery, she's Life itself“. Winnipeg Free Press (2010-yil 26-yanvar). Qaraldi: 2014-yil 22-avgust.
  6. Denenberg, Dennis. 50 American Heroes Every Kid Should Meet, 2nd Revised (en), Millbrook Press, September 1, 2016. ISBN 9781512413298. 
  7. Miller, Matthew. „The Wealthiest Black Americans“. Forbes (2009-yil 6-may). Qaraldi: 2010-yil 26-avgust.
  8. „Oprah Winfrey buys 104 million ski chalet in Colorado“. The Telegraph (2016-yil 4-fevral).
  9. Meldrum Henley-on-Klip, Andrew. „'Their story is my story' Oprah opens $40m school for South African girls“. The Guardian (2007-yil 3-yanvar). Qaraldi: 2007-yil 4-mart.
  10. „The most influential US liberals: 1–20“. The Daily Telegraph (2007-yil 31-oktyabr). 2022-yil 10-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 20-may.
  11. Mowbray, Nicole. „Oprah's path to power“. The Guardian (2003-yil 2-mart). Qaraldi: 2008-yil 25-avgust.
  12. „Oprah Winfrey“ (en-us). Biography (2021-yil 17-fevral). Qaraldi: 2022-yil 5-mart.
  13. „#562 Oprah Winfrey“. Forbes Special Report: The World's Billionaires (2006) (2006-yil oktyabr). Qaraldi: 2008-yil 25-avgust.
  14. Tacopino, Joe. „Oprah, Glenn Beck are America's favorite TV personalities: poll“. Daily News (2010-yil 25-yanvar). 2010-yil 30-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 26-avgust.
  15. Chapman, Roger. Culture wars: an encyclopedia of issues, viewpoints, and voices. M.E. Sharpe, 2010 — 619–620-bet. ISBN 978-0-7656-1761-3. Qaraldi: 2011-yil 31-may. 
  16. Mandela, Nelson. „Oprah Winfrey“. The TIME 100 (2007-yil 3-may). 2007-yil 5-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 1-fevral.
  17. Steven, By. „So Much for One Person, One Vote – Freakonomics Blog“. The New York Times (2008-yil 6-avgust). Qaraldi: 2018-yil 8-yanvar.
  18. Slack, Megan. „President Obama Honors Presidential Medal of Freedom Recipients“ (2013-yil 20-noyabr). Qaraldi: 2018-yil 8-aprel.
  19. „Oprah Winfrey Receives Honorary Degree at Harvard, Tells Graduates to Max Out Your Humanity“. E! (2013-yil 30-may). Qaraldi: 2014-yil 22-avgust.
  20. Jarmul. „Oprah Winfrey Urges Duke Graduates to Help Others Move to 'Higher Ground'“. Duke Today. Duke University Office of News & Communications (2009-yil 10-may). Qaraldi: 2015-yil 1-aprel.
  21. Tannen, Deborah (June 8, 1998). „The TIME 100: Oprah Winfrey“. Time. July 4, 2011da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: August 25, 2008.
  22. Dr. Leonard Mustazza. „Coming After Oprah“. Press-reliz.
  23. „Winfrey, Oprah“ (en-US). National Women's Hall of Fame. Qaraldi: 2019-yil 9-aprel.
  24. „New Members“ (en). American Academy of Arts & Sciences. Qaraldi: 2021-yil 24-aprel.

Havolalar

tahrir