Optik tizimlar
Optik tizimlar - optik elementlar (linza, koʻzgu, prizma, plastinka va hokazo) majmui. Quyidagi koʻrsatkichlar bilan ifodalanadi: chiziqli apertura, burchakli yoki chiziqli kuzatish maydoni, optik kattalashtirish oʻlchamlari, tasvirning sifatliligi, ajrata olish qobiliyati va yorugʻlik energiyasini taqsimlay olishi. Optik tizimlar yordamida buyum tasviri fotoplastinka, fotoelement va boshqalarda hosil qilinadi yoki yorugʻlik manbaidan chiqqan nur dastasining yoʻnalishi, intensivligi va boshqa oʻzgartiriladi.
Optik tizimlar koʻrsatkichlariga tegishli masalalar ideal optik tizim qonunlari or-qali hal qilinadi. Tasvirning sifatliligi va ajrata olish qobiliyatida esa Optik tizimlarning quyidagi nozik xususi-yatlari ham hisobga olinadi: optik tizim aberratsiyasi, difraksion hodi-salar, Optik tizimlarning notoʻgʻri tayyorlanganligi va q.k. Tasvirning sifatliligini belgilaydigan omillar sifatida yo koʻndalang toʻlqin aberratsiyaning qiymati, yoki chastota-kontrast harakteristika kattaligi olinadi. Optik tizimlar kinotexnika, televideniye, fotografiya, mikroskopiya, harbiy ish va boshqa koʻp sohalarda qoʻllanadi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |