Optron

yorugʻlik signallarini kuchaytirib yoki oʻzgartirib beradigan asbob

Optron — yorugʻlik signallarini kuchaytirib yoki oʻzgartirib beradigan asbob. Yoruglik nurlatgichi va foto qabul qilgichdan iborat. O. elementlari oʻzaro optik, elektr yoki aralash usulda ulanadi. Yorugʻlik nurlatgichida kiruvchi elektr signallar yorugʻlik signallariga aylanadi va optik kanal orqali foto qabul qilgichga uzatilib, unda elektr signallariga aylanadi. Nurlatgich sifatida, odatda, yarim oʻtkazgichli yorugʻlik nurlatuvchi diodlardan; optik kanalining oraliq muhiti sifatida optik yelimlar, shishalar, tolali yorugʻlik oʻtkazgichlar, havodan; foto qabul qilgich sifatida fotodiod, fotorezistor, fototranzistor va boshqalardan foydalaniladi. O. radioelektronika va hisoblash texnikasida ishlatiladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil