Oq idil
Daryo, Kamaga quyulishi, Boshqirdiston / Tatarston
(Oq Idildan yoʻnaltirildi)
Oq idil, Belaya — Boshqirdiston Respublikasidagi daryo. Kamaning chap irmogʻi. Uzunligi 1430 km, havzasining maydoni 142 ming km². Iremel shahri sharqidan (Janubiy Ural) boshlanadi. Yuqori oqimida Janubiy Ural togʻlari orasidan, Ufa daryosi quyiladigan joydan quyirokda tekislikda oqadi. Asosan, qordan toʻyinadi. Oʻrtacha yillik suv sarfi Birsk yaqinida 858 m³/sek. noyabrda muzlab, aprelda muzdan boʻshaydi. Asosiy irmoqlari: oʻngda — Nugush, Sim, Bir, Tanip, Ufa; chapda — Ashkadar, Urshak, Karmasan, Chermasan, Baza, Syun, Dyoma. Ufa shahridan boshlab kema qatnaydi. O.I. boʻyida Beloretsk, Salavat, Shimbay, Sterlitamak, Ufa, Birsk shaharlari joylashgan.[1]
Oq idil | |
---|---|
Tavsif | |
Uzunligi | 1 430 |
Maydoni | 142 000 km² |
Suv sarfi | m³/s |
Joylashuvi | |
Davlat | Rossiya |
Mintaqa | Boshqirdiston Respublikas |
Oq idil |
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |