Oq ayiq
Oq ayiq (lotincha: Ursus maritimus) — ayiqsimonlar oilasiga mansub sut emizuvchi; baʼzan alohida Thalarctos urugʻiga ajratiladi. Gavdasininguz. 2— 2,5 m, baʼzan 3 m gacha, balandligi (yagʻrinidan) 1,5 m gacha, vazni 800 kg gacha. Yungi oq, baʼzan limon yoki kulrang tusda. Tovoni va panjalarining osti yung bilan qoplangan. Arktika faunasining tipik vakili, suzuvchi muzliklar va Shim. Muz okeani sohalari yaqinida yashaydi. Yaxshi suzadi va shoʻngʻiydi. Asosiy ozigʻi — tyulenlar.
Past haroratga yaxshi moslashgan, gavdasi massasining 40 % ini yogʻ tashkil etadi. Atrof muhit harorati —50° gacha pasayganida ham tanasidagi gaz almashinuvi kuchaymaydi, yaʼni termoregulyasiya uchun qoʻshimcha energiya sarflamaydi. Mart—apr.da urchiydi. Urgʻochisi 2 yilda 1 marta (dek.—yanv.da) 1—3 ta koʻzi yumuq bola tugʻadi. Boʻgʻoz urgʻochisi qor ostidagi inida qishki uyquga ketadi va faqat mart—apr.da bolalari bilan inidan chiqadi va kezib hayot kechiradi. Bolalari 1,5 yilgacha onasiga ergashib yuradi. Oqayiqni terisi va goʻshti uchun koʻp ovlanadi. 1956-yildan ovlash man qilingan. 1976-yildan xalqaro muhofazaga olingan, Xalqaro va RF Qizil kitoblariga kiritilgan.[1]
AdabiyotlarTahrirlash
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
ManbalarTahrirlash
HavolalarTahrirlash
Vikiomborda Polar bears haqida turkum mavjud |
- National Wildlife Federation's Polar Bear Page
- ARKive — images and movies of the polar bear (Ursus maritimus)
- Map of polar bear ranges and denning areas in Nunavut from Nunavut Planning Commission
- BBC Nature: Polar bear news, and video clips from BBC programmes past and present.
- Photos, facts, videos from Polar Bears International that funds population, preservation, and DNA studies of the polar bear
- Map: Here's where the polar bears are vanishing