Oq kema
„Oq kema“ (ruscha: Белый пароход), „Ertakdan keyin“ deb ham ataladi — qirgʻiz yozuvchisi Chingiz Aytmatov qalamiga mansub qissa. Ilk bor 1970-yil „Noviy mir“ jurnalida chop etilgan. „Oq kema“ bir necha tilga, jumladan, oʻzbek tiliga tarjima qilingan.
„Oq kema“ qirgʻiz markasida | |
Asl nomi | Белый пароход |
---|---|
Muallif(lar) | Chingiz Aytmatov |
Tarjimon(lar) | Asil Rashidov |
Janr(lar)i | qissa |
Nashr etilgan sanasi | 1970 |
Nashriyot | Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 1973 |
Sahifalar soni | 168 |
Qissada Issiqkoʻl boʻyida yashovchi yetti yoshli yetim bola haqida hikoya qilinadi. 1975-yil qissa asosida „Qirgʻizfilm kinostudiyasida film suratga olingan. Film SSSR davlat mukofoti bilan taqdirlangan.
Oʻzbekcha tarjimasi
tahrir„Oq kema“ bir necha tilga tarjima qilingan. Asarni oʻzbek tiliga 1971-yil „Qirgʻiziston“ nashriyoti chop etgan ruscha nashirdan Asil Rashidov tarjima qilgan. Oʻzbekcha nashr 1973-yil Toshkent shahrida Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyotida chop etilgan. Oʻzbekcha nashrni tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: M. Mirzoidov – muharrir, D. Fayzirahmonov – rassom, N. Galiyev – rasmlar muharriri, T. Smirnova – texnik muharrir, M. Orifjonova – musahhih. Kitob adadi – 60 000 nusxa.
Havolalar
tahrir