Oq oʻrik — ertapishar xoʻraki mahalliy oʻrik navi. Daraxti kuchli (balandligi 7,5 m oʻsadi. Chetdan changlanadi (Arzami, Koʻrsodiq navlari yaxshi changlovchi hisoblanadi). Mevasi oʻrtacha kattalikda, tukli vazni 30—40 g, rangi sariq, eti ti-gʻiz, mayin, sersuv, shirali. Iyun oyining 2-oʻn kunligida pishadi. Danagi oʻrtacha, magʻzi shirin. Mevasi tarkibida 11 — 16% qand, 0,6— 0,7% kislota, 16—20% quruq modda bor. Koʻchati oʻtqazilgandan keyin 5—6-yili hosil beradi. Tupidan 80–100 kg meva olinadi, mevasi yangiligida isteʼmol kilinadi, qoqi solinadi, murabbo tayyorlanadi. Sovuqqa chidamli. Toshkent va Fargʻona viloyatlarida koʻp ekiladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil