Oqpadar
(Oq qilishdan yoʻnaltirildi)
Oqpadar, oq qilish – ota-ona tomonidan oʻz bolasini farzandlikdan maʼnaviy mahrum etish. Oʻgʻil yoki qiz juda qattiq gunoh (vatanga xoinlik, qotillik, buzuklik va boshqalar), nojoʻya xattiharakat bilan ota-onaga no-mus keltiradigan ish qilsa, ota-ona bunday farzanddan voz kechgan va oʻz qarorini koʻpchilik oldida ochiqdan-ochiq eʼlon qilgan. Oq qilingan farzandlar „oqpadar“ deb atalgan (aksariyat, farzandlarini otalar „padarlar“ oq qilganlari uchun shunday atalgan). Ular merosdan maxrum etilgan va uydan badargʻa qilingan, ularga qiz bermaganlar, jamoatga aralashtirmaganlar. O.lar koʻpincha el-yurtdan chiqib, musofirlikda yashashga majbur edi. Oqpadar ota-ona tomonidan farzandlariga beriladigan eng oliy axloqiy jazo hisoblanadi.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |