Oq sheʼr
Oq sheʼr — sillabik va sillabik-tonik sher tizimidagi misralari oʻza-ro qofiyalanmagan sheʼr turi: qofiyasiz sheʼr. Oq sheʼr shoirga oʻz fikri va hissiyotini toʻlaroq ifodalash imkonini beradi va undagi ritmik izchillik esa sheʼr gʻoyasiga kuchli taʼsirchanlik bagʻishlaydi. Rus klassiklari A.S.Pushkin ("Suv pariyey"), M.Yu. Lermontov ("Kalashnikov haqida qoʻshiq") va bosh-qalar Oq sheʼrning ajoyib namunalarini yaratganlar. Oʻzbek adabiyotida Usmon Nosir, Abdulla Oripov, Rauf Parfi va boshqa shoirlar ijodida Oq sheʼr bor. M. Shayxzodaning "Mirzo Ulugʻbek" tragediyasi Oq sheʼrda yozilgan.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |