Oqchoʻp svitasi — Fargʻona vodiysining shim. va shim.-gʻarbiy qismida joylashgan oʻrta pliotsen (neogen) qatlamlari tarkibidagi stratigrafik birlik. M. N. Gramm (1959—62 yillar) ajratgan. Oqchoʻp svitasi och qoʻngʻir, qizgʻish hamda toʻq qoʻngʻir rangdagi giltosh, gilli alevrolit, qumtosh hamda konglomerat lardan tarkib topgan. Umumiy kalinligi 400 m dan (Izboskan) 800–1000 m gacha (Oqchoʻp, Supatogʻ). Qatlamlar yoshi ayrim dengiz hayvonlari (gastropodalar, ostrakodalar) hamda subtropik oʻsimliklar qoldiqlariga qarab aniqlangan. Oqchoʻp svitasining ostida baxmaltepa yoki obchak svitalari, yuqorisida kepelli svitasi ajratilgan. Oqchoʻp svitasi stratigrafik ahamiyatga ega.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil