Oqilona ehtiyoj
Oqilona ehtiyoj - resurslar kamyobligi sharoitida ehtiyojlarni qondirish usullaridan biri. Oqilona ehtiyojda eng kam resurslar bilan koʻproq ehtiyej qondiriladi (optimal daraja). Kishilarning ehtiyoji miqdoran muttasil oʻsib boradi. Shu sababli iqtisodiyot ham shunga mos rivojlanishi kerak. Aks holda ehtiyojlar qondirilmay qoladi.
Tabiiy boyliklarni, resurslarni koʻproq ishlatish hisobidan ehtiyojlarni qondirish vaqtinchalikdir, chunki tabiiy boyliklar, resurslar tugab bor-ganidan kishilar uni kamroq sarflash yoʻlini qidiradi. Resurslarni tejovchi texnologiya yaratilib, keng qoʻllanadi. Kamyob resurslar bilan ehtiyojlarni taʼminlash uchun quyidagilarni amalga oshirish zarur: ehtiyojlar koʻp boʻlga-nidan ularning hammasini birdaniga qondirish mumkin emas, shu boisdan ularning eng muhimi ajratibolinadi va ishlab chiqarish ularni qondirishga qaratiladi (mas, hozirgi bosqichda Oʻzbekiston uchun qishloq xoʻjaligi, neft mahsulotlari, ayniqsa, donga boʻlgan ehtiyoj eng zarur hisoblanadi va resurslar eng av-val shularni qondirishga yoʻnaltirilgan); resurslar kamyob boʻlganidan i.ch-.ning eng zarur sohalariga ustuvor ahamiyat beriladi. Muqobil zarur mahsulotlardan eng maqbuli tanlab olinadi. Bir mahsulot uchun resurs koʻproq ketsa, tabiiy ravishda boshqasiga kamroq ketadi. Shuning uchun resurslar sarfining tejamli usuli tanlanadi, shunda shu resurs birligi hisobiga koʻproq mahsulot olinadi, ehtiyojni toʻlaroq qondirish mumkin boʻladi.
Dilerom Tojiboyeva.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |