Oqma
Oqma — organ va toʻqimalardagi patologik jarayonlar oqibatida paydo boʻlib, uzoq vaqt bitmaydigan teshik yaralar, yoʻllar; tananing ichkarisidagi toʻqimalardan yoki ichki aʼzodan teriga (tashqi O.) yoki toʻqimalardan ichak, qin singari kovak aʼzoga (ichki O.), yo boʻlmasa bir aʼzodan boshqa aʼzoga, mas, qiziloʻngachdan bronxga, qovukdan ichakka (aʼzolararo O.) ochilgan boʻladi. O. tugʻma boʻlishi ham mumkin (mas, kindik yarasi). Koʻpincha yiring boylash va uning yorib chikishi bilan davom etadigan yalligʻlanish jarayonlari, mas, osteomiyelit, shu jumladan, sil osteomiyeliti ham O. deb ataladi. Uzok, davom etadigan yalligʻlanishlar O.ning bitishiga toʻsqinlik.qiladi; O.ning bittasi bitib tuzalsa, ikkinchisi ochiladi.
Bemor, asosan, operatsiya qilinadi. Biror sababga koʻra operatsiya qilish mumkin boʻlmasa, uyda parvarish qilinadi, bunda O.ga qoʻyiladigan bogʻlovni almashtirib turish, vrach buyurganlarini bajarish lozim. [1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |