Oqqoʻrgʻonchasoy
Oqqoʻrgʻonchasoy - Samarqand viloyatidagi soy. Zarafshon tizmasidagi Chaqalikalon togʻining shim. yon bagʻridan boshlanib, shim.ga oqadi. Uzunligi 25 km, havzasining maydoni 23 km². Yuqori oqimida Kechkeldik, Tanjoy deb ataladi. Dar-gʻom kanaliga yetmasdan tugaydi. Qor, yomgʻir va buloklardan suv oladi. Oʻrtacha yillik suv sarfi 0,2m³/sek., oqim moduli 11 l/sek, km². Suvining asosiy qismi bahorning 2-yarmida oqib oʻtadi. O. Urgut tumani yerlarini sugʻoradi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |