Oqqovoq geslari – Oʻzbekistonda qurilgan dastlabki gidroelektr stansiyalari. Toshkent viloyatidagi Chirchiq-Boʻzsuv kanalida qurilgan. 1-GES 1941-yil noyabrda kurila boshlab, 10,7 ming kVt quvvatga ega boʻlgan 1-navbati 1943-yil 7-martda ishga tushirilgan. 2,61 ming kVt quvvatli 2-navbati 1946-yil iyulda qurila boshlanib, 1951-yil iyulda tugallangan. GESda yiliga oʻrta hisobda 170 mln. kVt-s elektr energiya-si hosil qilinadi. „Oʻzbekenergiya“ davlataksiyadorlik kompaniyasining „Chirchiq GESlar kaskadi“ shoʻba korxonasi tarkibida. 2-GES 4km quyiroqda, 1943—1946 yillarda qurilgan. GES tuproq-toʻgʻon, uz. 2833 m boʻlgan ochiq derivatsiya kanali, bosim havzasi, stansiya binosi va ochiq elektr taqsimlash qurilmasvdan iborat. Stansiya binosida umumiy quvvati 9 ming kVtli 2 ta agregat oʻrnatilgan. GESda yiliga oʻrtacha 65 mln. kVt-s elektr energiyasi hosil qilinadi, „Qodiriya GESlar kaskadi“ shoʻba korxonasi tarkibiga kiradi.

Elektr stansiyalar Toshkent viloyatining yirik sanoat korxonalarini va aholini elektr energiyaga boʻlgan ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil