Oqsoy koʻchasi — Shayxontohur tumanining „Koʻkcha“ mahallasi hududida. Mannon Uygʻur koʻchasi bilan Oqsoy 4-tor koʻchasi oraligʻida joylashgan. Uzunligi 1,5 km atrofida. Tarkibida 5 ta tor koʻcha mavjud. Qoʻrgʻoncha koʻchasi bilan kesishgan.

Oqsoy koʻchasi
Umumiy maʻlumotlar
Mamlakat Oʻzbekiston
Shahar Toshkent
Tuman Shayxontohur
Uzunligi 1.5 km
Avvalgi nomlari Rixsi Saxiboev koʻchasi
Koʻchada joylashgan binolar Shayx Zayniddin bobo masjidi
Koʻkcha arigʻi
40-maktab

XX asrning 50-yillarida tashkil topgan. 1958-yil 23-iyunda Oqsoy, 1974-yil 28-iyunda Rixsi Saxiboev nomi berilgan. 2006-yil 16-yanvardan joyning tarixiy nomi sifatida Oqsoy nomi qayta qoʻyilgan[1].

Yoʻnalishida Shayx Zayniddin bobo jome masjidi, Koʻkcha arigʻi, savdo shoxobchalari, dorixona, 40-maktab, mahalla idorasi, choyxona va shaxsiy turar joy binolari joylashgan. Yaqinida „Islomobod“ guzari va boshqa bor.

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.