Oqtov davlat buyurtma qoʻriqxonasi
Oqtov davlat buyurtma qoʻriqxonasi — Oʻzbekistonning Navoiy viloyati Nurota tumani Oqtov tizmasida joylashgan buyurtma qoʻriqxonasi[1]. Oqtov togʻ tizmasining tabiiy xilma-xilligi saqlab qolish maqsadida Navoiy viloyati hokimligining 1997-yil 21-apreldagi Q-113-sonli qarori bilan tashkil etilgan.
Qoʻriqlanishi
tahrirQoʻriqxona tabiatni muhofaza qilish boʻlinmalarining tezkor reydlari usuli bilan qoʻriqlanadi.
Tavsifi
tahrirQoʻriqxona hududi Oqtov tizmasining bir qismi hisoblanib, dengiz sathidan 1951 m balandlikda joylashgan.
Faunasi
tahrirOqtov tizmasida chukar (Alectoris chukar), qoraqushlar, quyonlar (Lepus tolai), mayda kemiruvchilar, tulkilar (Vulpes vulpes), agama va kaltakesklar uchraydi.
Manbalar
tahrir- ↑ „O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TABIAT RESURSLARI VAZIRLIGI“ (oʻzbek). Qaraldi: 2023-yil 14-may.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |