Oquvchanlik
Oquvchanlik (mashinasozlikda) — materialga taʼsir etayotgan kuchning qiymati oshirilmagan holda uning deformatsiyalanishida (shaklini oʻzgartirishda) davom etishi, O. gazlar, suyuqliklar, plastik materiallarga xos xususiyat. O. har qaysi material uchun kuchlanishning maʼlum che-garasi (O.chegarasi)dahosil boʻladi. Gaz va suyuqliklar uchun O. har qanday kuchda, qattiq plastik materiallar uchun yuqori kuchlanishlarda namoyon boʻladi. Agar material O. xususiyatiga ega boʻlmasa, unga shartli O. chegarasi qoʻyiladi (bu namuna uzunligini 0,2% uzaytiradigan nagruzka vujudga keltiradigan kuchlanishga teng). Metallarni qizdirib hamda sovuklayin bosim bilan ishlashda O. xossasidan foydalaniladi. [1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |