Oraliq zona
Oraliq zona, Qator orollar zonasi — Yerning eng yirik global morfostrukturalaridan biri, materikning suv ostidagi cheti bilan okean qaʼri oʻrtasida joylashgan. Odatda, chekka dengizlarning oʻrinlari, qator orollar va chuqur suv novlaridan iborat (Tinch okeanning shim. va gʻarbiy chekkalari, Atlantika okeanidagi Karib va Skosha (Skotiya) dengizlari atroflari, Hind okeanining shim.-sharqiy chetlari). Oraliq zonaning relyefi xilma-xil (chuqur suv osti novlarining chuq. 11 km gacha, qator orollardagi baʼzi vulkan choʻqqilarining balandligi 5–7 km gacha), magnit va gravitatsiya maydonlari bir-biridan keskin farq qiladi, Yer pusti vertikal harakatlarining tezligi katta va keskin differensiatsiyalangan. Oraliq zona hozirgi zamon vulkanizmi, intensiv seysmik va togʻ hosil boʻlishi oblastiga kiradi.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |