Orbita (stansiya)
"ORBITA" — Yerdagi kosmik aloqa stansiyalarining shartli nomi. Televideniyening oq-qora va rangli dasturlarini retranslyasiya qilish uchun aloqa yoʻldoshlaridan foydalaniladi. Dastlab (1967-yil) sobiq SSSR Markaziy televideniyesining dasturlarini uzatish va retranslyasiya qilish uchun kosmik aloqa tizimida detsimetrli toʻlqinlarda ishlaydigan "Molniya-1" sunʼiy yoʻldoshidan foydalanilgan. Hozir (2003-yil) ishlab turgan kosmik aloqa tizimi "Molniya-O" nomi bilan yuritiladi. "Orbita" televizion dasturlarni translyasiya qilish bilan birga bosh-qa xil informatsiyalarni ikki tomonlama uzatish va qabul qilish uchun ham xizmat qiladi. "Orbita"ning yerdagi markaziy stansiya tarmoklari orqali uzatilgan televizion signallarini "Molniya" aloqa yoʻldoshlari qabul qilib, kuchaytiradi va yana Yerga uzatadi. Yerda qabul qilingan signallar tutashtirish liniyalari boʻyicha mahalliy telemarkazlarga keladi, u yerdan efirga uzatiladi.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |