Order (meʼmorlik)
Order (meʼmorlikda) — meʼmoriy kurilmalardagi turli (vertikal va gorizontal) qismlarning oʻzaro uygʻunligi, ularning tarkibiy va badiiy us-lubi. Vertikal qismi ustun (kolonna)dan iborat boʻlib, tana, kapitel (bosha) va poyustun, baʼzan pyedestaldan tashkil topadi. Gorizontal (toʻsin) qismi arxitrav, friz va karnizni, ular bir-galikda antablementni tashkil qiladi. O.ning mumtoz tizimi Yunonistonda paydo boʻlgan. Asosiy O.lar yunon qabila va viloyatlarining nomlari bilan doriy, ioniy, korinf O.lari deb ataladi. O.ning dastlabki har xil tizimlari Qad. Misr va Eron xalq meʼmorligida koʻllanilgan. Qad. Rimda shakllangan mumtoz O.lar tizimi jahon meʼmorligining yuksalishiga katta hissa koʻshdi (qarang Memorlik orderlari).[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |