Orexovo-zuyevo
Orexovo-zuyevo - Rossiya Federatsiyasi Moskva viloyatidagi shahar (1917-yildan). Klyazma daryosi boʻyida. Temir yoʻl tuguni. Aholisi 125,3 ming kishi (1998). Rossiya toʻqimachilik sanoatining ilk markazlaridan. Mashinasozlik va metallsozlik korxonalari, plastmassa ishlab chiqarish "Karolit" zavodi mavjud. Pedagogika instituti, tarix-oʻlkashunoslik muzeyi, drama teatri faoliyat koʻrsatadi. O.-Z. 19-asrning oʻrtalarida vujudga kelgan. 1917-yildan O.-Z. deb atala boshlagan.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |