Orfeizm-qadimgi Gretsiyaning mistik shoiri Orfeyga tegishli deb bilishadigan dogmalar, famoriy tamoyillar. Orfeizm qalb, ruhning ilohiyligini,  tananing nopokligini taʼkidlagan. Oʻlim ozod boʻlish sifatida talqin etiladi. Orfeizmda kelajakdagi hayot masalasi markaziy oʻrinni egallaydi. Bu mistik taʼlimot koʻplab adabiy asarlarida xususan orfiq lirikada, oʻzining izini qoldirdi. Uning taʼsirini pifagorizmda ham koʻrishimiz mumkin. Antik davrning soʻngi davrigacha uning axloqiy taʼsiri saqlanib qoldi. Hatto Platonda biz orfeizmga xos boʻlgan hayotdagi begonalashuvni koʻrishimiz mumkin. Suqrot ham hozirgi hayot bu oʻlim, oʻlim esa hayotning boshlanishi boʻlishi mumkin, degan tarzda fikr yuritganligi orfeizmning taʼsiridan darak beradi[1].

Manbalar

tahrir

Falsafa qomusiy lug‘at

Toshket-2004

www.ziyouz.com kutubxonasi

  1. Falsafa qomusiy lug‘at.